O‘zbekiston | 15:33 / 05.11.2020
8780
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni xavotirli deb atadi

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtdagi epidemiologik holat keskinlashganini ma'lum qilgandi.

Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat xavotirli, ammo nazorat ostida, dedi Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov.

«Epidemiya rivojlanmoqda, u davom etmoqda», — dedi Peskov.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtdagi epidemiologik holat keskinlashganini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu aniqlanayotgan holatlar va shifoxonaga yotkizilayotganlar sonidan ko‘rinib turibdi.

Oxirgi sutkada Rossiya 19404 kishida kasallik aniqlangan. Mamlakatda jami kasallik yuqtirganlar soni 1 mln 712 mingdan oshib ketgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid