Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik teleboshlovchi aviahalokatga uchradi
Rossiyaning NTV kanalida boshlovchilik qilgan Aleksandr Koltovoy Moskva oblastida yuz bergan aviahalokat qurboniga aylandi. 41 yoshli Koltovoy 7 noyabrda Lyubersi tumanida yengil motorli Cessna samolyotini boshqarish vaqtida halokatga uchragan.
Boshlovchi bilan birga samolyotda bir ayol ham bo‘lgan. Ularning ikkisi halok bo‘lgan. Dastlab ayol boshlovchining rafiqasi ekani ma'lum qilingan. Keyinroq ushbu ma'lumot rad etilib, halok bo‘lgan ayol boshlovchining 33 yoshli tanishi bo‘lgani ma'lum qilingan.
Samolyot shturvali ortida Koltovoyning o‘zi bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot nosoz dvigatel bilan avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot serqatnov trassaga qulayotganda, Koltovoy oxirgi lahzada uni chetga olib qochishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot qulagandan keyin yonib ketgan. Aviahalokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 40 kishi va 13 ta texnika jalb qilingan. Voqea yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Teleboshlovchi iyuldagi intervyularidan birida uchuvchi litsenziyasiga egaligini va o‘z samolyotini xarid qilmoqchiligini ma'lum qilgan.
Koltovoy 2018 yildan NTVda “DNK” tok-shousiga, 2020 yildan esa “Zvezdy soshlis” dasturiga boshlovchilik qilib kelgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026