O‘zbekiston | 08:14 / 09.11.2020
9391
1 daqiqa o‘qiladi

Kadastr agentligi viloyat rahbarlarining 16 nafari attestatsiyadan o‘ta olmadi

Kadastr agentligining viloyat rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda agentlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qarori 8-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi hududiy boshqarma, korxonalar rahbarlari va xodimlarining kasbiy hamda nazariy bilimlarini, shuningdek, egallab turgan lavozimiga munosibligi darajasini baholash attestatsiyasi o‘tkazilmoqda.
 
Hududiy boshqarma va korxonalarning 26 nafar rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazildi.

7 nafar (27 foiz) rahbar attestatsiyadan ijobiy o‘tgan bo‘lsa, 3 nafari (11,5 foiz) shartli o‘tgan. 16 nafar (61,5 foiz) rahbar attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi haqida ariza yozgan.
 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari tuman (shahar) rahbarlarining attestatsiya natijalari 9-10 noyabr kunlari e'lon qilinishi aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid