Prezidentning tegişli qarori bilan, Sadriddin Abdullayeviç Turdiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qömita xabar bermoqda.
11 iyun kuni agentlikda ötgan uşbu kengaytirilgan yiğilişni Urbanizatsiya qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev olib bordi. Unda Kadastr tizimi faoliyatini takomillaştiriş, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilindi.
Turdiyev muqaddam Xorazm, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida prokurorlik qilgan. Hozirga qadar Boş prokuraturada boşqarma prokurori bölib lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan taşqari, Prezident administratsiya rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyişi bilan:
- Murod Muxtoroviç Fayzullayev – direktorning birinçi örinbosari (Toşkent şahri Kadastr boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan);
- Alişer Abduazizoviç Hafizov – direktor örinbosari;
- Mirsaid Sodiqoviç Mirmaqsudov – direktor örinbosari;
- Tölqin Mansuroviç Abdullayev – direktor örinbosari böldi.
Agentlik rahbarining sobiq örinbosari Abduşukur Abdullayev esa Kadastr agentligi direktorining maslahatçisi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Kadastr agentligining avvalgi rahbari Farrux Pölatov 2025 yil noyabr oyida Soliq qömitasi rahbarligiga ötkazilgandi.








