Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada koronavirus sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi
Favqulodda vaziyat rejimi 23 noyabrgacha amal qiladi hamda uzaytirilishi ham mumkin.
Portugaliyada dushanbadan boshlab favqulodda vaziyat rejimi amal qiladi, deb xabar bermoqda RTP teleradiokompaniyasi.
Favqulodda vaziyat rejimi mamlakatning butun hududida emas, aksariyat qismida - 121 munitsipalitetda, jumladan Portugaliyaning yirik shaharlari bo‘lgan Lissabon va Portuda joriy etildi.
Bu hududlarda dushanbadan jumagacha soat 23:00dan 5:00gacha komendantlik soati amal qiladi. Bu shaharlar aholisiga zarur holatlardan tashqari, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.
Dam olish kunlari esa 13:00dan 5:00gacha komendantlik soati joriy etiladi, uydan faqatgina shifoxona, dorixonaga yoki uyi atrofida sayrga chiqishga ruxsat beriladi.
Favqulodda vaziyat rejimi 23 noyabrgacha amal qiladi hamda uzaytirilishi mumkin.
Portugaliyada pandemiya boshlanganidan buyon 179,3 ming kishi kasallikka chalingan, 2,8 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:44 / 20.06.2026
O‘zbekiston-Portugaliya bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
20:28 / 19.05.2026
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi
21:51 / 11.05.2026