Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Xitoy vaksinasi sinovlari “jiddiy hodisa”dan keyin to‘xtatildi
Braziliyaning sog‘liqni saqlash tizimini nazorat qiluvchi agentligi Anvisa Xitoyning “Sinovac” kompaniyasining koronavirusga qarshi “Coronavac” vaksinasi sinovlarini “jiddiy hodisa”dan keyin vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.
Xabarda ta'kidlanishicha, vaksinaning odamlardagi sinovlari “jiddiy nojo‘ya ta'sir” sababli to‘xtatilgan. Anvisa sinovlarda ishtirok etayotgan ko‘ngillilardan birida nojo‘ya ta'sir qayd qilinganidan 29 oktyabrda xabardor qilingan va tadqiqotni olingan ma'lumotlarni baholash uchun to‘xtatib turishga qaror qilgan.
Sinovlarni nazorat qilayotgan Butantan instituti rahbari Dimas Kovas ma'lumotlariga ko‘ra, tadqiqotning to‘xtatilishiga ko‘ngillilardan birining o‘limi sabab bo‘lgan. Biroq Kovasning ta'kidlashicha, ushbu o‘lim vaksina sinovlari bilan bog‘lanmagan.
“Biz Anvisa’ni “jiddiy nojo‘ya ta'sir”dan emas, o‘lim yuz berganidan xabardor qilgandik. Biz Anvisa’ning ushbu qaroridan biroz taajjubdamiz, chunki o‘lim vaksina sinovi bilan bog‘lanmagan”, deb aytgan Kovas.
Anvisa Braziliyada 4 ta vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat bergan, bular: “Sinovac”, “AstraZeneca”, “Pfizer” va “Johnson & Johnson”ning farmatsevtika bo‘linmasi “Janssen-Cilag” vaksinalari.
“Jiddiy hodisalar”ga o‘lim yoki nogironlikka, shifoxonaga yotqizishga olib kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar, infeksiyaning tibbiy qurilma orqali yuqishi yoki boshqa ahamiyatli hodisalar kiradi.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026