Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva AQShdan Black Hawk jangovar vertolyotlarini sotib oladi
Litva vertolyotlar uchun jami 181 mln yevro to‘laydi. AQSh ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 25 mln yevro ajratgan.
Litva AQShdan to‘rt dona UH-60M Black Hawk jangovar vertolyotini sotib oladi. Bu boradagi shartnoma shu haftada imzolanadi, deb ma'lum qildi Litva mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, Litva vertolyotlar uchun jami 181 mln yevro to‘laydi. AQSh ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 25 mln yevro ajratgan.
Dastlabki vertolyot 2024 yil oxirida yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Litva vertolyotlar bilan birga qurilmalar va ehtiyot qismlar ham oladi.
Rossiyaning Kaliningrad oblasti bilan chegaradosh Litva Ukraina sharqida davom etayotgan nizo sababli o‘z xavfsizligidan tashvishlanmoqda. Shu bois Vilnyus hukumati jangovar qudratini oshirmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
10:56 / 27.05.2026