Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi
Sirdaryoning Boyovut tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda «Sirdaryo xabarlari» viloyat prokuraturasiga asoslanib xabar bergan.
Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 6 noyabr kuni soat 13:35larda bergan xabariga ko‘ra, tumanning «Qaropchi» mahallasida yashovchi 25 yoshli Sh.M. hamda uning 21 yoshli turmush o‘rtog‘i D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, uyida vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, er-xotinning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.
Holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, marhumlarning turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagandi.
Bundan avvalroq Navoiy viloyatida ikki aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025
Bozor xizmatlari hajmi e’lon qilindi: eng past ko‘rsatkich Sirdaryoda
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
10:17 / 19.12.2025