Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagada Saudiya Arabistoni elchixonasi o‘qqa tutildi
Noma'lum shaxslar elchixona binosining derazalari va old tomoniga qarata kamida 20 marta o‘q uzishgan.
Niderlandiyaning Haaga shahrida noma'lum shaxslar bugun, 12 noyabr kuni Saudiya Arabistoni elchixonasi binosiga o‘q uzishdi.
Omroep West radiosi xabariga ko‘ra, binoga kamida 20 marta o‘q uzilgani aniqlangan. Bino devorlari va derazalarida o‘q izlari qolgan.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Politsiya jinoyat sodir bo‘lgan joyga ertalab soat 5:30 atrofida yetib kelgan. Jinoyatchilarni bunga undagan motivlar noma'lum.
Bundan bir kun oldin Saudiya Arabistoni poytaxti Jidda shahrida, xorijiy diplomatlar ishtirokidagi marosimda portlash yuz bergan, bir necha kishi jarohat olgan edi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026