Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi salomatligiga ko‘ra guruhlashtiriladi
Prezident farmoni bilan takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatiga ko‘ra, salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, odamlar tayanch, past xavf guruhi, o‘rta xavf guruhi, yuqori xavf guruhlariga bo‘linadi.
«Ular qaysi guruhga mansubligiga ko‘ra belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklardan o‘tishi va salomatligi davriy kuzatuvga olinishi nazarda tutilmoqda. Xususan, yuqori xavf guruhiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinib, uyiga borgan holda individual patronaj amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, profilaktik ko‘riklar o‘rniga hududning o‘ziga xos xususiyatlari va aholining qaysi guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar bo‘yicha muntazam tibbiy skrining tekshiruvlari tashkil etilishi, patronaj ko‘riklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimini joriy qilish belgilandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026