O‘zbekiston | 10:54 / 14.11.2020
3594
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining shaffofligi oshiriladi 

Vazirlar Mahkamasi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Foto: «Uza.uz»

Norma’ning yozishicha, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ta'lim jarayonlarining shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy ta'limdan keyingi ta'lim bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar yagona elektron tizim orqali quyidagilarni amalga oshiradilar:

  • stajyorlar, izlanuvchi, ilmiy rahbar va boshqa xodimlarning yakka tartibdagi rejalarini ko‘rib chiqish;
  • oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish;
  • stajyor-tadqiqotchilik, doktoranturada o‘qish uchun qabul kvotalari bo‘yicha buyurtmanoma shakllantirish;
  • talabgorlar hujjatlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021 yil 1 martga qadar bo‘lgan muddatda oliy ta'limdan keyingi ta'limni amalga oshiruvchi tashkilotlar bo‘yicha barcha ma'lumotlarni yagona elektron tizimga kiritish topshirildi. Shuningdek, ushbu tizimdan foydalanishda tashkilotlarni uslubiy qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash, u bilan ishlash tartibini tushuntirish bo‘yicha tanishtiruv seminarlarini o‘tkazish zarur.
 
Doktoranturada o‘qitish va stajyorlarning ilmiy tadqiqotlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Innovatsion rivojlanish vazirligining yillik xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
 
Hujjat 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid