Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qurilish-ta'mirlash ishlariga 183,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi
2020 yilning 10 yanvarida «2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o‘zida 62 ta inshootlarga, jami 183,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu inshootlarning 31 tasi umumta'lim maktablari, 17 tasi sog‘liqni saqlash va 14 ta boshqa sohalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 177,9 mlrd so‘mlik qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. 47 ta, xususan, 30 ta umumta'lim maktablari, 9 ta sog‘liqni saqlash muassasasi va 8 ta boshqa inshoot foydalanishga topshirildi. Qolgan 15 ta inshootdan 4 tasi 2021 yilga o‘tuvchi bo‘lsa, 11 ta inshoot joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.
Davlat rahbarining 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 4 apreldagi rayosat bayoniga asosan 2020 yilda qo‘shimcha ravishda Qashqadaryo viloyatida 14 ta (1 ta yangi, 12 ta rekonstruksiya va 1 kapital ta'mir) umumta'lim maktablariga 42,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Hozirga qadar 37,4 mlrd so‘mlik qurilish-tiklash ishlari bajarib bo‘lindi. 3 ta maktab foydalanishga topshirildi. Qolgan 11 ta maktab joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 avgustdagi majlis bayoniga asosan mazkur yilda qo‘shimcha ravishda viloyatda 19 ta (8 ta umumta'lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasi va 8 ta sog‘liqni saqlash) inshootga 17,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shu vaqtga qadar 10,8 mlrd so‘mlik qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. Qolgan inshootlar joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.
Mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan 16 ta inshootda qurilish-tiklash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qarshi shahrida va Dehqonobod tumanida «Kasb-hunarga o‘qitish mona markazi» binolarini mukammal ta'mirlash, Dehqonobod va Nishon tumanlarida «Davlat xizmatlari markazi» ma'muriy binolari qurilishi, Qarshi shahridagi jurnalistlar uyi binosini kapital ta'mirlash, «Barkamol avlod» binosini Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markaziga moslashtirib kapital ta'mirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali, Qarshi shahridagi 500 ming jildga mo‘ljallangan viloyat kutubxonasi, «Mebellar uyi» MChJ binosini Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosiga moslab ta'mirlash, Yoshlar markazi kengash binosini rekonstruksiya qilish, Qarshi tumanidagi Abul-Mu'in An-Nasafiy majmuasi hududini obodonlashtirish hamda Qarshi shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida 3,78 km, Olimlar ko‘chasida 0,723 km, «Oydin» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hamda Nasaf ko‘chasida 2,7 km yo‘lni kapital va joriy ta'mirlash inshootlariga 115,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgandi. Shu kunga qadar 67,9 mlrd so‘mlik qurilish-tiklash ishlari bajarildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi inqirozga qarshi kurashish respublika yig‘ilishining bayoniga asosan, mavjud va tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 9 ta TP o‘rnatish, 17,06 km elektr, 11,886 km gaz va 5,77 km suv tarmoqlari qurish, 5 ta artezian quduq qazish va 2 ta suv saqlash minorasi qurilish ishlariga 13,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda barcha inshootlarda qurilish-tiklash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 5,6 mlrd so‘mlik qurilish-tiklash ishlari bajarildi. Yil yakuniga qadar ushbu inshootlar ham foydalanishga topshiriladi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026