Texnologiya | 14:38 / 17.11.2020
3037
2 daqiqa o‘qiladi

Huawei kompaniyasi Honor brendini sotadi

Qayd etilishicha, Honor brendi omon qolishi uchun uni sotishga qaror qilingan.

Foto: Huawei

Xitoyning Huawei Technologies Co kompaniyasi Honor brendi ostida qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini Shenzhen Zhixin New Information Technology Co kompaniyasiga sotadi.

Kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti. Huawei xabarida aytilishicha, kompaniyaning iste'molchilarga mo‘ljallangan biznesi "katta bosim" ostida qolgan. Bu “mobil telefonlar ishlab chiqarish uchun zarur texnik unsurlarni olishning imkoni yo‘qligi” bilan bog‘liq, deya qayd etadi kompaniya.

Donald Tramp ma'muriyati o‘tgan yili Huawei kompaniyasini AQSh texnologiyalarini olish imkoniyati cheklangan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Bu yil esa cheklovlar yanada qat'iylashtirilishi oqibatida Huawei Amerika texnologiyalaridan foydalanish imkonidan butunlay mahrum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Honor brendi omon qolishi uchun uni sotishga qaror qilingan. Ammo Honor boshqa kompaniyaga o‘tganidan so‘ng Amerika texnologiyalarini olish imkoniga ega bo‘lish-bo‘lmasligi noaniq, deb yozadi Bloomberg.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid