O‘zbekiston | 14:41 / 18.11.2020
6880
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Qarshiga pirotexnika vositalari olib ketayotgan «Lasetti» qo‘lga tushdi

Foto: KUN.UZ

Sirdaryoda DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorlikda pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida kuzatuvga olingan «Lasetti» mashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida salon va yukxonasi ko‘zdan kechirildi. Mashinada fuqaro X.E.ga tegishli, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan, qiymati 12 million 640 ming so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tezkor-qidiruv va surishtiruv natijasida fuqaro X.E. Toshkent shahridan xarid qilgan pirotexnika mahsulotlarini ikki qismga ajratib, Toshkent-Qarshi yo‘nalishida harakatlanadigan mashinalarga yuklab, o‘zi yashaydigan manzilga olib ketayotgani aniqlangan. Ushbu tezkor ma'lumot asosida tadbir davom ettirilgan.

Kuzatuvdagi «Lasetti» to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 20 million 160 ming so‘mlik pirotexnika vositalari hamda 15 turdan iborat, 174 dona, sifati kafolatlanmagan va hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.E.dan jami qiymati 32 million 800 ming so‘mlik, 17 dona salyut va 42 000 dona pirotexnika mahsulotlari, shuningdek, qiymati 9 million 230 ming so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Lasetti»dagi 53 mln so‘mlik pirotexnika vositalari fosh bo‘ldi

Andijonda 255 mingta pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Mavzuga oid