Andijonda 255 mingta pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida fuqaro T.D. 255 600 dona «Treniya» nomli pirotexnika vositalarini shartli xaridorga pullayotgan vaqtida ushlandi.
Viloyat bojxona boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, tadbir Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan va unda umumiy qiymati 63,9 mln so‘mlik pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan bojxona surishtiruvi olib borilmoqda.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185(1)-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan.
O‘tgan hafta Sirdaryo viloyatida 53,4 mln so‘mlik 62 820 dona pirotexnika vositalari aylanmasi to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024