Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti Ozarboyjonga harbiylarni yuborishni ma'qulladi
Turkiya parlamenti prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Ozarboyjonga harbiylarni yuborish haqidagi farmonini ma'qulladi. Farmon turk harbiylarining Ozarboyjonga bir yillik muddatga yuborilishini ko‘zda tutadi.
Erdo‘g‘anning farmonini hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi, muxolif Xalq-respublika partiyasi, Milliy birdamlik partiyasi va “Yaxshi partiya” deputatlari qo‘llab-quvvatlashgan.
Turk harbiylari Rossiya bilan tuzilayotgan, Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochish rejimiga amal qilinishi ortidan nazorat olib boruvchi markaz ishiga jalb qilinishi kutilmoqda.
Rossiya-Turkiya markazini tashkil etish haqidagi memorandum 11 noyabrda ikki davlat mudofaa vazirlarining videoaloqa orqali o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha imzolangan.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026