Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada 51 yil umrini shifoxonada o‘tkazgan erkak vafot etdi
Deyarli butun umrini San-Paulu universiteti shifoxonasida o‘tkazgan braziliyalik Enrike Machadu 18 noyabrda 53 yoshida vafot etdi.
Erkak 1967 yilda tug‘ilgan. U tug‘ruq vaqtida onasidan ayrilgan. Machadu 2 yoshida asab tizimini jarohatlovchi poliomiyelit asoratlari sababli shifoxonaga tushgan va o‘limigacha qadar u yerda umr kechirgan.
Machadu falajlanib qolganiga qaramay, o‘yinlar va multfilmlarga qiziqqan, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yuritgan va shifoxonadagi o‘rta maktabni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, u nogiron bola va uning do‘stlari haqida 3D-animatsiya yaratgan.
Erkakning vafotiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026