Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin G20 sammitida dunyo uchun eng asosiy xatarlarni aytdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga putur yetkazdi, yuz minglab kishilarni hayotdan olib ketdi va millionlab kishilarni ishsiz qoldirdi.
Foto: TASS
Ommaviy ishsizlik va qashshoqlik dunyo uchun eng asosiy xatarlar bo‘lib qolmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 virtual sammitida.
«Qashshoqlikka olib keluvchi ommaviy «turg‘un» ishsizlik va ijtimoiy ta'minlanmaganlik eng asosiy xatar bo‘lib turibdi va «yigirmatalik»ning vazifasi bunga yo‘l qo‘ymaslikdir», — dedi u.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga putur yetkazdi, yuz minglab kishilarni hayotdan olib ketdi va millionlab kishilarni ishsiz qoldirdi.
Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, pandemiya, global lokdaun va iqtisodiy faollikning to‘xtashi dunyo Buyuk tushkunlik davridan buyon duch kelmagan tizimli iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi.
Mavzuga oid
16:36 / 28.05.2026
Ostonada Putin kortejiga harbiy mashina hamrohlik qilmoqda
21:14 / 27.05.2026
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
21:08 / 22.05.2026