Jahon | 11:55 / 23.11.2020
5553
2 daqiqa o‘qiladi

Respublikachi senator Trampni hokimiyatni topshirishga chaqirdi

Foto: Getty Images

Amerikalik siyosatchi, respublikachilar partiyasi vakili Liza Murkovski partiyadoshi Donald Trampning hukumatda qolishga urinishlarini tanqid qildi.

«Hokimiyatni to‘liq va rasmiy topshirishni boshlash kerak», degan Tramp saylovlarda g‘olib chiqqan Alyaska shtatidan saylangan senator Liza Murkovski.

Cenator Trampning saylov natijalariga qarshi chiqishga bo‘lgan urinishlarini ham qoraladi: «Har bir shtat erkin va adolatli saylov jarayonini ta'minlash uchun ish olib bordi. Prezident Tramp o‘z da'volarini sud orqali yuborish imkoniyatiga ega edi va shu paytgacha sudlar ularni asossiz deb topdi», degan Murkovski. Senatorning fikricha, Tramp shtatlardagi qonunchilik vakillariga qarshi keskin bosim o‘tkazish kampaniyasini olib bormoqda.

Oldinroq Trampni saylovdagi firibgarlik to‘g‘risida dalillar keltirishga yoki Baydenning g‘alabasini tan olishga undayotgan respublikachilar tobora ko‘payib borayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid