8 senyabr kuni E-auksion platformasida Toşkent viloyati Piskent tumani “Murotali” MFYda joylaşgan yer uçastkasini sotiş böyiça savdolar bölib ötdi.

Savdolar 4 soatdan ortiq davom etdi va 220 qadamdan söng yakunlandi. Ğolib Jumabayev Bahrom Xusnitdinoviç böldi, u 1 mlrd 411 mln söm taklif qildi, bu boşlanğiç narx (39,5 mln söm)dan qariyb 36 barobar köp.

Sotilgan yer uçastkasining umumiy maydoni 10,2 sotixni taşkil etadi. Xaridor belgilangan summani 120 oy davomida bölib-bölib tölaş imkoniyatiga ega.

Sotuv – prezident qaroriga zid

Yer uçastkasi Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning 2025 yil 26 iyuldagi tegişli qarori bilan auksion orqali sotuvga çiqarilgan.

21 avgust kuni “Özbekistonda futbol sohasini raqamlaştiriş va ommaviyligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori imzolangandi.

Qarorda Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalaniş maqsadlari özgartirilişi hamda sotuvga çiqarilişi taqiqlanişi haqida tegişli özgarişlar kiritilişi közda tutilgan.

E’tiborli jihati, Piskent tuman hokimi tomonidan sotuvga qöyilgan yer uçaskasi örnida stadion bölgan. Buni sun’iy yöldoşdan olingan rasmlar ham tasdiqlaydi.

2016 yil
2020 yil

“Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi qonunning 27-moddasida yuqori turuvçi davlat hokimiyati organlarining öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uçun majburiyligi belgilab qöyilgan. Qonunçilik iyerarxiyasida prezident qarorlari tuman hokimlari qarorlaridan ustun turadi. Şu jihatdan, hokimning stadion örnini sotiş haqidagi qarori kuçini yöqotişi va bugungi sotuv amalga oşirilmasligi kerak edi.