O‘zbekiston | 11:26 / 24.11.2020
24111
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘on tumaniga yangi rahbar tasdiqlandi

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi tasdiqlandi.

Hokimlik xabarida aytilishicha, xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Jamshid Nasriddinov nomzodi tasdiqlangan.

Jamshid Nasriddinov shu vaqtga qadar Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Joriy yilning oktabr oyi oxirlarida Qilichbek Xudoyberdiyev Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. U avvalroq kasallik oqibatida olamdan o‘tgan A'zamxon Bahromov o‘rnida ish boshlagandi. 2017 yildan buyon Kattaqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilib kelgan A'zamxon Bahromov shu yilning 19 oktyabrida kasallik oqibatida vafot etgandi.

Mavzuga oid