Qiliçbek Rahmonoviç Xudoyberdiyev Kattaqörğon tumani hokimi vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlandi.

«Özbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 29 oktyabrdagi 153-Fk-sonli Farmoyişiga asosan, 2020 yil 29 oktyabrdan Kattaqörğon tumani hokimi vazifasini vaqtinçalik bajariş Kattaqörğon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Xudoyberdiyev Qiliçbek Rahmonoviç zimmasiga yuklatildi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, 2017 yildan buyon Kattaqörğon tumaniga rahbarlik qilib kelgan A'zamxon Bahromov şu yilning 19 oktyabrida kasallik oqibatida vafot etgandi.