Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a'zoligini tikladi
2020 yil 23 noyabrda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Dubna, Rossiya) a'zo davlatlari muxtor vakillar qo‘mitasining yillik sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri O‘zbekistonning Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a'zoligini tiklash masalasi bo‘lib, mazkur masala bo‘yicha qo‘mita a'zolari tomonidan O‘zbekistonning Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a'zoligini 2021 yil 1 yanvardan tiklash qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonning YaTBIga to‘laqonli a'zoligi mahalliy mutaxassislarning yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishi hamda yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi.
Ma'lumot o‘rnida, hozirda Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vetnam, Gruziya, Qozog‘iston, KHDR, Kuba, Moldova, Mo‘g‘uliston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, O‘zbekiston, Ukraina, Chexiya – 18ta davlat ta'sischi-a'zo bo‘lgan.
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti – bu yirik xalqaro hukumatlararo tashkilot, dunyoga mashhur ilmiy markaz bo‘lib, jahon ilmiy hamjamiyatida mazkur institutning reytingi juda yuqori.