Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Roma” klubi mashg‘ulotlar bazasida urush vaqtiga mansub 20ta snaryad topildi
Italiyaning “Roma” futbol klubi mashg‘ulotlar bazasida Ikkinchi jahon urushi vaqtiga mansub 20ta snaryad topildi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Snaryadlar topilgan joyga sapyorlar chaqirtirilgan. Mutaxassislar hududni sinchkov tekshirib chiqqach, u yerda 20ta bombani topishgan. Barcha bombalar zararsizlantirilgan.
“Italiya armiyasi va sapyorlar otryadiga Trigoriyadagi mashg‘ulotlar bazamizdan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi snaryadlarni olib tashlashgani uchun katta rahmat”, deyilgan xabarda.
Xavfli topilma klub yangi mashg‘ulot maydonlarini qurishni rejalashtirgan hududni tayyorlash vaqtida aniqlangan.
Mavzuga oid
11:12 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
15:39 / 29.06.2025
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?
20:32 / 06.06.2025