Jamiyat | 14:00 / 02.12.2020
7714
2 daqiqa o‘qiladi

IIV «arzon piar ortidan quvayotgan» tarmoq faollariga chaqiriq bilan chiqdi

Shohrux G‘iyosov / Foto: Kun.uz

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov axborot tarqatishda etika qoidalariga rioya etishni so‘rab, ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi.

«Oxirgi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, alohida davlat organlarining rahbarlari lavozimida qolishi yoki ketishi masalalarida tekshirilmagan va asossiz ma'lumotlarni tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Albatta, o‘z hurmatini bilgan har qanday ijod ahli, ommaga tarqatayotgan ma'lumoti tekshirilgani yoki hech bo‘lmaganda xolisligi xaqida qayg‘uradi, lekin shu bilan birga, so‘z erkinligini «taltayishga» yoki «masxarabozlikka» aylantirishga urinayotgan fuqarolarni ham kuzatishimiz mumkin.

Shu sababli, ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan oddiy etika qoidalariga rioya etishlarini hamda arzon piar ortidan quvishni bas qilishlarini so‘raymiz», – dedi Shohrux G‘iyosov.

Ma'lumot uchun, 1 dekabr kuni Telegram'dagi ayrim kanallarda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani haqida mish-mish tarqalgan edi.

Mavzuga oid