Sport | 18:14 / 02.12.2020
15390
15 daqiqa o‘qiladi

YeChLda kun o‘yinlari anonsi: Kimga nima kerak?

Hozirgacha 8 klub 1/8 finalga chiqdi. Bugungi o‘yinlarda kimlar pley-off masalasini hal qiladi va yana kimlar turnir bilan butunlay xayrlashadi?

Bugun, 2 dekabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining qolgan 4 guruhida ham 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 

Shu kungacha 8 jamoa rasman keyingi bosqich masalasini hal qilgan  - «Bavariya», «Manchester Siti», «Chelsi», «Sevilya», «Barselona», «Yuventus», «Portu» va «Liverpul». 9 jamoa turnirni davom ettirishdan butunlay umidini uzgan - «Ferensvarosh», «Dinamo» Kiyev, «Zenit», «Renn», «Krasnodar», «Midtyullann», «Olimpiakos», «Marsel», «Lokomotiv» Moskva.

1/8 finalga chiqqanlar
A guruhi: «Bavariya»*
C guruhi: «Manchester Siti»*, «Portu»
D guruhi: «Liverpul»*
E guruhi: «Chelsi», «Sevilya»
G guruhi: «Barselona», «Yuventus»
* guruh g‘oliblari;

Chorshanba kuni 1/8 finalga chiqishi mumkin bo‘lganlar
F guruhi: «Borussiya» Dortmund, «Latsio»
H guruhi: «Manchester Yunayted»

1/8 finaldan umid uzganlar
A guruhi: «Lokomotiv»
C guruhi: «Olimpiakos», «Olimpik»
D guruhi: "Mityulland" (to‘rtinchi o‘rindan yuqori ko‘tarila olmaydi)
E guruhi: «Krasnodar», «Renn»
F guruhi: «Zenit»
G guruhi: «Dinamo» Kiyev, «Ferensvarosh»

Chorshanba kuni 1/8 finalga chiqish imkonini yo‘qotishi mumkin bo‘lganlar
F guruhi: «Bryugge»
H guruhi: «Istanbul Boshoqshehir»

Chorshanba kunidan keyin ham 1/8 finalga chiqish imkonini saqlab qoladiganlar
H guruhi: «RB Leypsig», «Pari Sen-Jyermen»

Ye guruhi
«Krasnodar» – «Renn» (22:55)
«Sevilya» – «Chelsi» (00:55)

Bu guruhda keyingi bosqichga chiqadigan ikki jamoa nomi ma'lum. Bu turning ahamiyati shundan iboratki, guruhda 1-o‘rinni egallab, nimchorak finalda qulayroq raqibga duch kelish kabi qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘lish mumkin. «Sevilya» va «Chelsi» o‘rtasida Londonda kechgan uchrashuvda hisob ochilmagandi, endi barcha masala Andalusiyadagi to‘qnashuvda hal bo‘ladi. Mezbonlar agar g‘alaba qozonishsa, guruh g‘olibiga aylanishadi. Durang esa inglizlarni ko‘proq qoniqtirishi tabiiy. Agar golli durang qayd etilsa, «Chelsi» o‘zaro o‘yinlardagi safardagi gol ustunligiga ko‘ra, so‘nggi tur oldidan guruh peshqadamiga aylanadi. Keyingi o‘yinda «Krasnodar»ni o‘z maydonida yengib, shu o‘rinni saqlab qolish mumkin. Agar bu o‘yin ham 0:0 hisobida yakunlansa, to‘plar nisbati bo‘yicha yana «Chelsi» yaxshigina ustunlikka ega bo‘ladi. Xullas, bu o‘yinda ko‘proq mezbonlar g‘alabani o‘ylashlariga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi juftlikda ham xuddi shunday vaziyat, bu yerda bahorgi yevrokuboklardan chetda qolmaslik, ya'ni hech bo‘lmasa, Yevropa Ligasiga ilinish maqsadi turibdi. «Renn» va «Krasnodar» Fransiyadagi 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng boshqa ochko olishmadi. Rossiyadagi o‘yin g‘olibi raqibdan 3 ochko o‘zib ketadi, demak rasman Yevropa Ligasi pley-off ishtirokchisiga aylanadi.

Taxminiy tarkiblar

«Krasnodar» - «Renn»
«Krasnodar»: Gorodov; Smolnikov, Martynovich, Kayo, Chernov; Gazinskiy, Ulsson; Vanderson, Klasson, Kabella; Berg
O‘ynamaydi: Vilena (oyoq kafti jarohati)
So‘roq ostida: Safonov (kasal)

«Renn»: Gomis; Traore, da Silva, Nyamsi, Mauassa/Tryuffer; Kamavinga, N'Zonzi, Burijo; Dokyu, Yunu, Del Kastilo
O‘ynamaydi: Terre (kasallik), Agerd (kasallik), Rugani (belda jarohat), Marten (boldir va tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda jarohat), Girassi (boldir va tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda jarohat)
So‘roq ostida: Mauassa (boldir va tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda jarohat).

«Sevilya» - «Chelsi»
«Sevilya»: Vatslik; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Rekik; Xordan, Fernando, Rakitich; Okampos, de Yong, Munir
O‘ynamaydi: Eskudero (tirsak jarohati), Suso (muskullar jarohati), Bunu (kasal), Fernandes (kasal)
So‘roq ostida: Akunya (muskullar jarohati)

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Ryudiger, Zuma, Emerson; Jorjino, Kovachich, Havers; Hadson-Odoi, Jiru, Pulishich
So‘roq ostida: Gilmor (tizza jarohati).

F guruhi
«Borussiya» D – «Latsio» (00:55)
«Bryugge» – «Zenit» (00:55)

Guruhning markaziy uchrashuvi Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Nemislar birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini olish bilan birga, guruh masalasini hal qilishlari mumkin. Hatto durang ham «Borussiya»ni pley-off ishtirokchisiga aylantiradi. Chunki hozirda dortmundliklardan 5 ochko kam jamg‘argan «Bryugge» ikki o‘yinda 100 foizlik natija ko‘rsatgan taqdirda ham, o‘zaro o‘yinlar natijasi tufayli «Borussiya»ni quvib o‘ta olmaydi. G‘alaba «Borussiya» rasman guruh g‘olibi bo‘lishini ta'minlaydi.

«Latsio»ning ishi sal og‘irroq. «Bryugge» o‘z maydonida «Zenit»ni yengsa, rimliklarga bir o‘yin masofasida yaqinlashib olishlari mumkin. So‘nggi turda Italiya va Belgiya klubi o‘zaro to‘qnash kelishini inobatga olsak, pley-off uchun final guvohi bo‘lamiz. Bundan qochish uchun «Latsio» yoki Dortmundda yutishga urinib ko‘rishi, yoki «Zenit»ning «Bryugge»ga munosib qarshilik ko‘rsatishidan umid qilishi kerak bo‘ladi.

Albatta, «Zenit»ning ham o‘z vazifasi bor. Piterliklar hech bo‘lmasa Yevropa Ligasiga chiqish uchun «Bryugge» maydonida g‘alaba qozonishi kerak. Rossiyadagi o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobida yutganini e'tiborga olsak, 1:0 hisobidagi g‘alaba ham «Zenit»ni unchalik qoniqtirmaydi – bu holda jamoa guruhda 4-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.

Demak, «Borussiya» guruhdagi 1-o‘rin masalasini hal qilish uchun, «Latsio» barchasini so‘nggi turga olib qolmaslik uchun, «Bryugge» «Latsio»ga yaqinlashish, «Zenit» esa «Bryugge»ni quvib o‘tish uchun maydonga tushadi.

Taxminiy tarkiblar

«Borussiya» D - «Latsio»
«Borussiya» D: Byurki; Passlak, Akanji, Xummels, Gerreyru; Dileyni, Vitsel; Azar, Reyna, Sancho; Holand
O‘ynamaydi: Mene (jarohat), Reyniyer (karantin), Zagadu (jismoniy formasi tayyor emas)
So‘roq ostida: Djan (oyoq kaftida jarohat), Gerreyru (belida jarohat)

«Latsio»: Strakosha; Luis Felipe, Acherbi, Radu; Latssari, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Luis Alberto, Fares; Korrea, Immobile
O‘ynamaydi: Eskalante (muskullarda jarohat), Murichi (muskullarda jarohat)

«Bryugge» - «Zenit»
«Bryugge»: Minole; Mata, Mexele, Kossunu; Rikka, Rits, Vanaken, Vormer, Sobol; de Ketelare, Dennis
O‘ynamaydi: Mitrovich (tovonida jarohat)
So‘roq ostida: Deli (xabar qilinmagan)

«Zenit»: Kerjakov; Sutormin, Proxin, Rakitskiy, Jirkov; Yeroxin, Barrios, Kuzyayev; Malkom, Dzyuba, Driussi
O‘ynamaydi: Lovren (diskvalifikatsiya), Karavayev (bel muskullarida jarohat)
So‘roq ostida: Dzyuba (chov qismida jarohat), Duglas Santos (oyoq kaftida jarohat), Vendel (xabar qilinmagan), Ozdoyev (kasal), Krugovoy (kasal)

G guruhi
«Ferensvarosh» – «Barselona» (00:55)
«Yuventus» – Dinamo» K (00:55)

Ikki top-klub o‘rin olgan va bizga Messi-Ronalduning navbatdagi to‘qnashuvini taqdim etishi kerak bo‘lgan guruh ancha sokin kechmoqda. Ikki tur qolganda, kutilganidek, guruh g‘oliblari aniq. «Barselona» hatto 1-o‘rinni ham deyarli naqd qilgan. «Yuventus» ispanlarni quvib o‘tish uchun «Kamp Nou»da yirik hisobda g‘alaba qozonishi kerakki, bunga ishonish qiyin.

Ushbu turdagi o‘yinlarda shunchaki, autsayderlar so‘nggi turdagi kichik final oldidan ustunlikka ega bo‘lish uchun kurashadi, «Dinamo» va «Ferensvarosh» bittadan ochko jamg‘arishgan. Oxirgi turda Kiyevda bu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. 5-turda favoritlarga qarshi muvaffaqiyatliroq to‘p surib, ochko qo‘lga kiritgan jamoa o‘sha o‘yinda durang uchun ham o‘ynash ustunligiga ega bo‘ladi. Agar barchasi shunday qolsa, oxirgi turda mezbonlarning imkoniyati kattaroq bo‘ladi. Chunki «Ferensvarosh» maydonida 2:2 hisobi qayd etilgan. Kichik hisobdagi duranglar ham «Dinamo»ni qanoatlantiradi.

Taxminiy tarkiblar

«Ferensvarosh» - «Barselona»
«Ferensvarosh»: Dibus; Lovrenchich, Blajich, Frimpong, Xayster; Shiger, Xaratin, Somalia; Zubkov, Uzuni, Nguen
So‘roq ostida: Chivich (xabar qilinmayapti)

«Barselona»: Neto; Dest, Mingesa, Langle, Alba; de Yong, Pedri; Dembele, Grizmann, Trinkan; Breytveyt
O‘ynamaydi: Pike (tizza jarohati), Serxi Roberto (bel muskullari jarohati), Fati (jarohat), ter Stegen (ta'til), Messi (ta'til), Koutino (ta'til), Arauxo (jismoniy formasi tayyor emas), Yumtiti (jismoniy formasi tayyor emas).

«Yuventus» - «Dinamo» Kiyev
«Yuventus»: Shchensni; Danilo, Bonuchchi, de Lixt, Aleks Sandro; Kulusevski, Rabo, Bentankur, Bernardeski; Morata, Ronaldu
So‘roq ostida: Buffon (belda jarohat), Demiral (chov sohasida jarohat), Kellini (belda jarohat)

«Dinamo» Kiyev: Bushchan; Kendzera, Popov, Zabarnyy, Mikolenko; Tsigankov, Sidorchuk, Shaparenko, Shepelev, de Pena; Verbich
O‘ynamaydi: Duelunn (kasal), Tymchik (muskullarda jarohat), Kostevich (tizza jarohati), Rusin (o‘mrov suyagi jarohati), Buyalskiy (qovurg‘a jarohati).

N guruhi
«Istanbul» – «Leypsig» (22:55)
«Manchester Yunayted» – «PSJ» (00:55)

Shubhasiz, YeChL haftasining markaziy uchrashuvi «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi. Aslida, «Manchester Yunayted» barcha masalani bugungacha hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Ammo «Istanbul»dagi qoqilish kartalarni chalkashtirib yubordi. Albatta, bu muxlislar uchun yaxshi, endi biryo‘la uch kuchli klub ikki yo‘llanma uchun so‘nggi turgacha kurashadi. Guruhda «Yunayted» hamon favoritligicha qolmoqda. «PSJ» va «Leypsig»ga qarshi o‘yinlarda atigi 1 ochko Sulsher shogirdlariga kifoya qiladi. Parij klubi ustidan g‘alaba esa, «MYu»ni muddatidan oldin guruh g‘olibiga aylantiradi.

«PSJ» va «Leypsig» o‘tgan 4 turda bir xil o‘ynashdi – «Yunayted»ga yutqazib, «Istanbul»ni yengishdi, o‘zaro o‘yinlarda 3 ochkodan bo‘lishishdi. Guruhdagi ikkinchi favorit maqomiga esa baribir Parij klubi yaqinroq. Birinchidan, Tuxel jamoasi o‘zaro o‘yinlarda «Leypsig»dan ustunroq – safardagi gol hisobiga. Ikkinchidan, to‘plar nisbati ham «Leypsig»da yomonroq. Mabodo uch klubning ochkolari teng bo‘lib qolsa, «Leypsig» ortiqcha bo‘lib qoladi.

O‘z navbatida, «Istanbul» ham hali kurashdan chiqqani yo‘q. 2-o‘rindan atigi 3 ochko ortda borayotgan turklar ayniqsa, o‘z maydonida xavfli bo‘la olishlarini isbotlaganlar. Bugun «Leypsig» ustidan g‘alaba qozonilsa, turklar hech bo‘lmasa, kamida Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun imkoniyatni saqlab qolishadi.

Yana bir qiziq tomoni, Turkiyadagi o‘yin ikki soat erta bo‘lib o‘tadi. Agar bu o‘yinda «Leypsig» muvaffaqiyatsiz to‘p suradigan bo‘lsa, «Old Trafford»da saflanadigan ikki jamoa uchun ayni muddao bo‘ladi va o‘sha o‘yin xotirjamroq ruhda o‘tishi ham mumkin.

Taxminiy tarkiblar

«Istanbul» - «RB Leypsig»
«Istanbul»: Mert Gunok; Rafael, Shkrtel, Yepuryanu, Bolingoli; Berkay Ezkan, Irfan Qahvachi, Deniz Turuch; Shadli, Vishcha, Ba
O‘ynamaydi: Junior Kaysara (tovoni jarohatlangan), Aleksich (xabar qilinmagan), Mexmet To‘pal (xabar qilinmagan)
So‘roq ostida: Krivelli (myshsa)

«RB Leypsig»: Gulachi; Myukile, Konate, Upamekano, Xalstenberg, Anxelino; Aydara, Zabitser, Forsberg, Dani Olmo, Nkunku; Poulsen
O‘ynamaydi: Laymer (tizza jarohati), Klostermann (tizza jarohati), Xenrixs (tizza jarohati), Xvan Xi Chan (kasal).

«Manchester Yunayted» - «Pari Sen-Jyermen»
«MYu»: de Xea; Uan-Bissaka, Tuanzebe, Maguayr, Aleks Telles; van de Beyek, Fred, Reshford, Brunu Fernandesh, Marsyal; Kavani
So‘roq ostida: Shou (bel muskullarida jarohat)

«PSJ»: Navas; Florensi, Markinos, Kimpembe, Bakker; Errera, Danilu, Verratti; Di Mariya, Mbappe, Neymar
O‘ynamaydi: Bernat (tizza jarohati), Draksler (belda jarohat), Ikardi (muskul jarohati), Sarabiya (muskul jarohati).

Mavzuga oid