Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya sobiq moliya vaziri pora olgani uchun 8 yilga qamaldi
Vazir 60 mingga yaqin davlat xonadonlarini sotishda tenderning boshqa ishtirokchisi shartnomaga ega bo‘lmasligi uchun xususiy investorga xonadonlarni sotib olish narxini oshirishni maslahat bergan.
Vena sudi korrupsiyada ayblangan Avstriya sobiq moliya vaziri Karl-Xayns Grasserni 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ushbu ish bo‘yicha ayblangan yana 14 nafar shaxs jarimaga tortildi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, vazir 2004 yilda 60 mingga yaqin davlat xonadonlarini sotishda tenderning boshqa ishtirokchisi shartnomaga ega bo‘lmasligi uchun xususiy investorga xonadonlarni sotib olish narxini oshirishni maslahat bergan.
Shartnomaning umumiy qiymati 961 mln yevro bo‘lib, Grasser buyurtmani joylashtirish uchun ijrochidan 9,6 mln yevro pora olgan.
Grasser 2000 yildan 2007 yilgacha Avstriya moliya vaziri bo‘lgan. Sud 2017 yil dekabrda boshlangan, 2020 yil bahorida esa koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
17:23 / 09.07.2026
Sobiq davlat xizmatchisi uchun antikorrupsiya xulosasini olish tartibi tasdiqlandi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026