Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravarga oshirildi
Yetkazilgan moddiy zarar uch baravari miqdorida qoplanganida ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
O‘zbekiston prezidenti 3 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklarga katta miqdorda zarar yetkazgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan shikastlash yoki yo‘q qilish – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha (ilgari ellik baravarigacha) jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklarni noqonuniy kesish oqibatida katta miqdorda zarar yetkazilishi – bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha (ilgari – ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha) miqdorida jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklarga qasddan ziyon yetkazish, shikastlash, yo‘q qilish oqibatida yirik miqdorda zarar yetkazish - bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha (ilgari - yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha) jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch baravari miqdorida qoplanganida ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Avvalroq daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etilganidan buyon tabiatga 9,7 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
23:46 / 13.09.2024