Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi «Afrosiyob-palas» mehmonxonasi 43,3 mlrd so‘mga sotildi
Joriy yilning 9 noyabr kuni Samarqanddagi «Afrosiyob palas» mehmonxonasi yangi shartlar bilan qaytadan sotuvga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, mehmonxonaning boshlang‘ich narxi 5,4 mlrd so‘mdan 27,4 mlrd so‘mga ko‘tarilgan va unga 12 mln dollar investitsiya sarflash majburiyati bekor qilingan.
Shuningdek, mehmonxonani sotib olgan xaridor uni 2022 yil 1 yanvar kuniga qadar Madaniyat vazirligi va YuNESKO bilan kelishilgan holda to‘rt yulduzli qilib rekonstruksiya qilishi, mehmonxonaning barcha qarzlarini qoplashi kabi shartlar qo‘yilgan.
2018 yilda «Afrosiyob palas» Singapurning «Exim Investmens Ple LTD» kompaniyasiga o‘tgan va u mehmonxonani ta'mirlash uchun mablag‘ sarflashi kerak edi. Investor shartnomada belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani uchun shartnoma bekor qilingan.
Navbatdagi auksion savdolarida «Afrosiyob-palas» mehmonxona majmuasining savdolari yakunlandi. Unda 3ta ishtirokchi qatnashdi. Boshlang‘ich narxi 27,4 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 29 qadam bilan 43,3 mlrd so‘mga sotildi.
Ma'lumot uchun, ushbu davlat aktivini sotib olgan g‘olib 2022 yil 1 aprelga qadar 100ta yangi ish o‘rni yaratishi kerak.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
18:30 / 29.04.2026