Sport | 00:11 / 08.12.2020
8750
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilgi Olimpiada dasturiga 4ta yo‘nalish qo‘shildi

Parijda 2024 yilda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturiga skeytbording, qoyaga ko‘tarilish, serfing va breyk-dans kiritildi. Shu bilan birga, sportchilar sonini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilingan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bunday qarorni 7 dekabrdagi yig‘ilishida qabul qildi.

Yig‘ilishda 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar kvotasini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilindi.

Kvotalar eng ko‘p og‘ir atletikada qisqartirilgan. XOQning bu qarori uning Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi borasidagi jiddiy xavotiri  va ushbu sport turidagi dopinglar bilan bog‘langan.

“Og‘ir atletikaning 2024 yilgi Olimpiadada bo‘lishi masalasi XOQ tomonidan muntazam qayta ko‘rib chiqilmoqda”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, XOQda Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi tan olinishi to‘xtatilgani sababli bokschilar kvotasi ham jiddiy qisqartirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid