Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirusga qarshi emlash boshlanmoqda
Seshanba kuni Britaniya koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlagan birinchi g‘arb mamlakati bo‘ladi.
Hukumat tomonidan aniqlangan 10ta xavf guruhi vakillari birinchi bo‘lib emlanadi. Bu 80 yoshdan oshganlar, qariyalar uyi bemorlari, shuningdek, tibbiyot va ijtimoiy xodimlar, deb xabar bermoqda VVS.
Jami 40 million dozada vaksina buyurtma qilingan. 800 mingga yaqin vaksinaning birinchi partiyasi ishlab chiqarilayotgan Belgiyadan Buyuk Britaniyaga yetkazib berildi.
Vaksina 21 kunlik oraliqda qilinadigan ikkita inʼeksiyadan iborat. Bahorga qadar xavf guruhlarini emlash rejalashtirilgan, may oyidan boshlab esa emlash keng aholi uchun mavjud bo‘ladi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bu jarayon tez yuz bermasligini aytib, cheklovlar va gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.
Barcha emlanganlarga vaksinatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi. U ism va familiya, shuningdek, birinchi va ikkinchi inʼeksiyalarni qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan kichik karta bo‘ladi.
Bir hafta oldin Britaniya hukumati dunyoda birinchi bo‘lib AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech shirkatlari tomonidan birgalikda ishlab chiqariladigan vaksinani ma'qulladi.
Boshqa ikkita vaksina - AQShning Moderna va Britaniyaning AstraZeneca’si hali ham tekshiruvchi idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
09:31 / 28.03.2026