Endilikda biznesni Payme'ga onlayn tarzda ulash mumkin
Yangi xizmat yordamida siz onlayn to‘lovlar qabul qilish servisiga O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan atigi 2 kun ichida ulanishingiz mumkin.
Payme Business bilan birgalikda tadbirkorlar o‘z saytlarida, messenjerlarida va Payme mobil ilovasi orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
To‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha tayyor yechimlardan tashqari, Payme Business to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya imkoniyatini berib, bu Payme ofisiga tashrif buyurmay turib onlayn tarzda hamkorlik shartnomalarini tuzish imkoniyatini beradi.
Onlayn to‘lovlarni qabul qilish Payme Business
Payme Business – bu biznes uchun ko‘plab zamonaviy yechimlarni taklif qiluvchi tizimdir. Kompaniya bilan hamkorlik kompaniya mijozlari uchun ham, biznes egalari uchun ham ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochadi.
O‘z kassangizni Payme Business tizimiga ulash orqali siz Uzcard va HUMO kartalari egalarini maksimal darajada qamrab olish, hamda to‘lovlarni qabul qilish uchun ko‘plab tayyor yechimlar foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritib, kassada plastik kartalar uchun terminalsiz faoliyat yurita olasiz. Imkoniyatlar quyidagilardan iborat:
- Internet do‘kon saytida to‘lov modulini ulash;
- Telegram-bot, SMS yoki elektron pochta orqali to‘lov qilish uchun cheklarni tuzish;
- Payme mobil ilovasi va veb-sayti orqali to‘lovlarni qabul qilish;
- Payme GO xizmati va QR-kodlar orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun tizimni kengaytirish.
Tovarlaringiz uchun to‘lov qilish uchun endilikda naqd pul yoki plastik karta kerak emas, endilikda mijozlaringizda o‘zlari bilan mobil telefon bo‘lsa yetarli.
Tizim tadbirkorlarga moliya oqimlarini nazorat qilish va ma'lumotlar xavfsizligi bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishni taklif qiladi. Shaxsiy kabinetda biznes egasi tovar yoki xizmatlar uchun to‘lov qilish uchun hisobvaraqni chiqarish, to‘lovlarni bekor qilish va onlayn-kassa bilan ishlash uchun xodimlarni tayinlash imkoniyatiga ega.
Payme Business shaxsiy kabinetida xodimlaringizning xatti-harakatlarini nazorat qilish uchun avtomatik audit tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda xodimlaringizning xatti-harakatlari va barcha moliyaviy tushumlar aks ettiriladi.
Payme Business onlayn shartnomalar tuzish uchun
Karantin davrida offlayn nuqtalarning yopilishi va onlayn tartibga o‘tish sharoitida Payme Business tizimiga ulanish bozorning yangi sharoitlariga oson moslashish va mijozlarning ishonchini yo‘qotmaslik imkoniyatini beradi.
Payme Business tizimidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish xizmati orqali, siz kompaniya saytida onlayn tarzda tizimga ulanish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. Tizimga ulanish uchun atigi ikki kun talab qilinadi. Ushbu funksional yordamida siz shaharning ikkinchi chekkasiga hujjatlarni olib borish va ularning imzolanish zaruriyatidan xoli bo‘lasiz.
Onlayn tartibda ulanish jarayoni juda oddiy, tushunarli va bir necha oddiy bosqichda amalga oshiriladi:
1. Payme Business saytida ro‘yxatdan o‘tish;
2. Biznesni tashkil qilish va ma'lumotlarni qo‘ldan yoki ERI orqali kiritish;
3. Tayyor! Bundan keyin shartnomani Didox.uz tizimi orqali qabul qilib olsangiz bo‘ldi.
Savollaringiz bormi? Mutaxassislarimizga ushbu raqam orqali murojaat qiling: +998 78 150 22 24
Payme Business – biznesingiz uchun zamonaviy yechimlar!
Payme Business tizimi haqida batafsil.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi
18:57 / 22.01.2024
“Pul va vaqtimni yo‘qotyapman”: qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, to‘lovlar vaqtini tejash mumkin?
19:00 / 28.11.2023
Payme Business yangi oflayn biznes hamkorlari uchun 6 oylik bepul xizmatni taklif etadi
17:17 / 17.10.2023