Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla 9 kun ichida 100 milliard dollarga qimmatladi
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Tesla kompaniyasi S&P 500 indeksiga kiritilishiga hali 2 hafta bor bo‘lsa-da, qimmatlashda davom etmoqda. Jumladan, kompaniya oxirgi 9 kun ichida 100 milliard dollarga qimmatlashdi.
Nasdaq’ning xabar berishicha, kompaniyaning umumiy qiymati 600 mlrd dollardan oshdi. 7 dekabrda kompaniya aksiyalari 7,1 foizga qimmatlashib, bir donasi narxi 641 dollarga yetgan.
Ushbu natija hisobiga kompaniya Amazon, Facebook, Apple, Alphabet va Microsoft kompaniyalaridan keyin kapitallashuvi 600 mlrd dollardan yuqoriroq bo‘lgan dunyodagi 6-kompaniyaga aylandi.
Tesla aksiyalari 21 dekabrdan S&P birja indeksiga kiritiladi. Kompaniya ushbu indeksga kiritilishi 16 noyabrda ma'qullangandan keyin 220 mlrd dollarga (57 foizga) qimmatlashgan.
Tahlilchilarning prognoziga ko‘ra, Tesla aksiyalari narxi yil oxirigacha 780 dollarga yetishi mumkin.
Bunday natijalar ortida Ilon Maskning boyligi 152,9 mlrd dollarga yetgan.
Mask bir necha haftadan beri dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab kelmoqda. Joriy yilning o‘zida tadbirkorning boyligi 120 mlrd dollarga ko‘paygan.
Ayni vaqtda Mask bu borada Amazon rahbari, 185 mlrd dollarga ega Jyeff Bezosdangina ortda qolmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
10:03 / 12.06.2026