O‘zbekiston | 08:47 / 10.12.2020
3405
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatrlari soni ko‘payadi

Vazirlar Mahkamasining «Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, qarorda quyidagilar belgilangan:

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida «Qo‘g‘irchoq yasash texnologiyasi» ixtisosligi bo‘yicha ta'lim yo‘nalishini ochish, shuningdek qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil qilish;

K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Qo‘g‘irchoq teatri rassomi» ixtisosligi bo‘yicha ta'lim yo‘nalishini ochish;

Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyatini tashkil etish.
 
Teatrlar binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablag‘lar 2021 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining Madaniyat vazirligi uchun ajratilgan limitlar doirasida markazlashtirilgan kapital qo‘yilma mablag‘larini qayta taqsimlash hisobidan yo‘naltiriladi.
 
2 oy muddatda davlat teatrlari binolarini qurish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihalar 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladi.
 
Moliya vazirligi tomonidan davlat teatrlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ushbu teatrlar binolarini qurish ishlari yakunlanganidan so‘ng Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratilishi nazarda tutiladi.
 
Hujjat 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid