Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: Yevropada koronavirusdan vafot etish holatlari qariyb ikki baravarga oshdi
Yevropada oxirgi olti hafta davomida koronavirus bemorlari orasida vafot etish holatlari qariyb ikki baravarga oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Mariya van Kerkxove ma'lum qildi.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik yuqtirish holatlari kamaymoqda. Kerkxovening ma'lumot berishicha, bu muddat davomida dunyo bo‘yicha o‘limlar soni 60 foizga oshgan.
Germaniyada o‘tgan sutkada 28 438 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Robert Kox nomidagi institut. Jami kasallik yuqtirganlar soni 1,3 mln nafardan oshgan, 21,4 mingdan ortiq inson vafot etgan.
Rossiyada bir kecha-kunduzda 28 137 kishida kasallik aniqlangan, jami kasallik yuqtirganlar soni 2 mln 625 mingdan oshgan, 46,4 ming kishi vafot etgan.
Dunyo bo‘yicha esa 71 mln kishida kasallik aniqlangan, 1,6 mln nafar bemor vafot etgan. Eng ko‘p kasallikka chalinish (16,2 mln) va o‘lim (303 mingga yaqin) holatlari AQShga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
14:28 / 17.12.2020
Tokioda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta eng yuqori xatar darajasi e'lon qilindi
23:56 / 16.12.2020
Mayk Pompeo karantinga ketdi
19:11 / 16.12.2020