Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va Armaniston asirlarni almashishni boshladi
Ozarboyjon va Armaniston asirlar va garovga olinganlarni almashishni boshladi. Bu haqda Ozarboyjonning harbiy asirlar, garovga olingan va bedarak yo‘qolgan fuqarolar ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Armaniston bilan asirlarni “barchani barchaga” tamoyili asosida almashish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Kelishuv nafaqat oxirgi oylarda Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilof davomida asirga olinganlarga, balki avvalroq asirga tushganlarga ham amal qiladi.
Bokuga samolyot bilan Armaniston tomonidan asirda ushlab turilgan ozarboyjonliklar, jumladan 2014 yildan beri Yerevan tomonidan ushlab turilgan Shahboz Guliyev va Dilgam Askerov yetkazilgan.
“Ozod etilganlar tegishli karantin choralari o‘tkazilgandan keyin oilalari bilan ko‘risha oladilar”, deyilgan xabarda.
Bokuda ta'kidlanishicha, Ozarboyjon asirlar, garovga olinganlar va halok bo‘lganlar jasadlari bilan almashish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni davom ettiradi.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026