Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston-Ozarboyjon chegarasida Rossiya chegarachilari joylashtiriladi
Armaniston mudofaa vaziri Vagarshak Arutyunyan regionga safari chog‘ida rossiyalik tinchlikparvarlar bilan ushbu masalani muhokama qilgan.
Syunik oblastidagi Armaniston-Ozarboyjon chegarasining ayrim uchastkalarida rossiyalik chegarachilar joylashtiriladi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning bildirishicha, Armaniston mudofaa vaziri Vagarshak Arutyunyan regionga safari chog‘ida rossiyalik tinchlikparvarlar bilan ushbu masalani muhokama qilgan.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Syunik oblasti uchastkasidagi Armaniston-Ozarboyjon chegarasini aniqlash jarayoni qiyin kechayotganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni aniqlash sovet davridagi xaritalar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Tog‘li Qorabog‘da 44 kun davom etgan janglar davomida 300dan ko‘proq aholi punkti va bir qator strategik tepaliklar Ozarboyjon armiyasi nazoratiga o‘tdi. Jumladan, Ozarboyjonning harbiy g‘alabalari Armanistonni Kelbajar, Ag‘dam va Lochin tumanlarini qaytarib berishga majbur qilgan.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026