Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya chegaralari qachon ochilishi haqidagi savolga javob berdi
Ayni paytda davom etayotgan Rossiya prezidentining an'anaviy matbuot anjumanida Vladimir Putin “Sankt-Peterburgskiy dnevnik” nashri jurnalistining ko‘pchilikni o‘ylantirgan savoliga javob berdi.
Foto: TASS
– Sankt-Peterburg shahri turistik yo‘nalishdagi eng yaxshi shaharlar reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Ammo chegaralar yopiqligi bu yutuqni yo‘qqa chiqarmoqda. Aytingchi, chegaralarimiz qachon ochiladi? – deb so‘radi muxbir.
– Albatta, Sankt-Peterburg shahrining bu yutug‘idan quvonamiz. Ammo chegaralar yopilishi turizmni to‘sish emas, koronavirusning oldini olish bilan bog‘liq. Ma'lumki, mamlakat bo‘ylab koronavirus bemorlari bo‘yicha o‘rinlar 85 foizga band qilingan, Sankt-Peterburgda esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori. Demak, hozircha bu qadamni qo‘ya olmaymiz. Hozir ichki turizmni rivojlantirishning ayni payti. Har yili 32 mln nafar rossiyaliklar xorijga yo‘l oladi va 35 mlrd dollar sarflaydi. Ana shu oqimni ichki yo‘nalishlarga burish kerak. Savolingizga javobga kelsak, javob aniq – imkon bo‘lishi bilan, – dedi Putin.
Ma'lumki, ko‘plab o‘zbekistonliklarni ham bu savol o‘ylantiradi. Ko‘pchilik Rossiyadagi ishini yo‘qotmoqda. Mavzu bo‘yicha izoh bergan Transport vazirligi bu masala ko‘proq Rossiya tomoniga bog‘liq bo‘lib turganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
12:10
Ushakov: Tramp Putin rezidensiyasiga “hujum” haqidagi gaplardan shokda
10:15
Lavrov Ukrainani «Putinning qarorgohiga hujum qilish»da aybladi. Bu haqda nimalar ma’lum?
10:10
Citigroup Rossiyadan 1,2 mlrd dollar yo‘qotish bilan chiqib ketishini e’lon qildi
09:10