Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: spirtli ichimliklar ta'sirida koronavirus vaksinasi foyda bermaydi
Koronavirusga qarshi emlashdan so‘ng spirtli ichimliklar ichish immunitetni kuchsizlantirib, vaksina ta'sirini samarasiz qilishi mumkin. Bu haqda New Scientist yozmoqda.
Rossiyaning Sputnik V vaksinasi yaratuvchilari emlashdan keyin 3 kun davomida spirtli ichimliklardan saqlanish kerakligini aytishgan. Alekcandr Ginsburgning aytishicha, ogohlantirish COVID-19'ga qarshi va boshqa turdagi vaksinalarga ham tegishli.
«Ko‘p ichadigan odamlar organizmi infeksiyaga moyil bo‘ladi, chunki kuchli ichkilikbozlik immunitetning susayishiga sabab bo‘ladi», deydi Britaniyaning Edinburg universiteti immunologi Eleanor Rili.
Rossiyada Sputnik V vaksinasi sinovlarida qatnashgan taxminan 10 foiz odamda vaksinadan keyin immunitet hosil bo‘lmagan. Bu holat boshqa vaksina sinovlarida ham kuzatilgan. Bunga spirtli ichimliklar sabab bo‘lgani aniq emas, lekin shunday faraz ham yo‘q emas.
AstraZeneca va Oksford universiteti vaksinasi, shuningdek, Pfizer va BioNTech ishlab chiqayotgan vaksina sinovida esa ko‘ngillilarga emlashdan keyin spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma yo‘qligi aytilgan. Britaniyadagi Imperial College London vaksinasi klinik sinovida qatnashgan ko‘ngilli ham spirtli ichimliklardan saqlanish haqida ogohlantirish berilmaganini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023