Jamiyat | 16:42 / 21.12.2020
41592
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi qancha bo‘lishi lozim?

Kun.uz aholidan turli mavzularda kun so‘rovi o‘tkazishni boshladi. Dastlabki mavzu – o‘qituvchi va shifokorlar maoshi qancha bo‘lishi lozimligi haqida bo‘ldi.

Toshkent shahrida yashovchi aholi vakillari o‘qituvchilar o‘rta hisobda 5-6 mln so‘m maosh olishi zarurligini aytishgan. Shu bilan birgalikda, o‘qituvchi bundan ancha ko‘proq maosh olishi kerak deb hisoblovchilar ham bor.

«O‘qituvchilarning oyligi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha kam. Taxminan 1000-1500 dollar bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlar kelajakni o‘ylab shuncha oylik beradiku?» deydi fikr bildirganlardan biri.

Shuningdek, shifokorlarning maoshi miqdori haqida ham turlicha fikrlar bildirildi. Respondentlarning aksari bugungi sharoitda tibbiyot xodimlari o‘rtacha hisobda 7-8 mln so‘m oylik olishlari kerakligini aytishgan.  

«Hamshiralarimizning ham ishlari nihoyatda ko‘p, lekin ularga berilayotgan oyliklar kam. Ularniki kamida 3 mln, shifokorlarniki kamida 5 mln bo‘lishi kerak», deydi fikri so‘ralganlardan biri.

«Kun.uz so‘rovi» loyihasi davom etadi. Agarda sizni qiziqtirgan bugungi kunning muhim savollari bo‘lsa, tahririyatga yo‘llashingiz mumkin.

Mavzuga oid