Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Britaniya koronavirusi» bolalarga tez yuqadi deb hisoblanmoqda
London imperiya kolleji professori Nil Fergyusonning aytishicha, oxirgi vaqtda koronavirusning yangi shtammi ko‘proq 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlanmoqda.
Koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammi bolalar uchun yuqumli bo‘lishi mumkin, dedi London imperiya kolleji professori Nil Fergyuson. Bu haqda Sky News yozmoqda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hozircha olimlar bu holatning mexanizmini tushuna olishmayapti, ammo statistik ma'lumotlar shundan darak bermoqda.
«Shtammning bolalarga yuqishiga moyilligi kuchli. Biz qandaydir sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlay olmadik, ammo buni statistikada ko‘rish mumkin», — dedi u.
Fergyusonning aytishicha, oxirgi vaqtda shifokorlar koronavirusning yangi shtammini ko‘proq 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlamoqda.
Professor Vendi Barklay bunday ma'lumotlarga baho berishda ehtiyotkorlikka chaqirdi.
«Biz bu virus bolalarga aniq yuqadi demoqchimasmiz. SARS-CoV-2 dastlabki paydo bo‘lgan shaklida kattalarga nisbatan bolalarga kamroq yuqqanini bilamiz va bu borada ko‘plab taxminlar bor», — dedi Barklay.
Dekabr o‘rtalarida Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok mamlakatda virusning yangi turi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning maslahatchilariga tayanib ma'lum qilishicha, yangi virus oldingisidan 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026