Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada kunlik kasallanish holatlari ilk bor 36 mingtadan oshdi
Britaniyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish holatlari 36,8 mingtani tashkil qildi. Bu esa pandemiya boshidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bundan avvalgi rekord sonda kasallanish 20 dekabrda qayd qilingan. O‘shanda 35,9 mingta kasallanish holati aniqlangan. Umuman olganda, Britaniyada oxirgi 7 kun ichida koronavirusga chalinish holatlari soni 60 foizga o‘sgan.
Hozirda mamlakatda umumiy kasallanish holatlari 2,1 mlntaga yetdi. So‘nggi sutkada 691ta o‘lim holati qayd etilgan. Bu 25 noyabrdan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Jami o‘limlar soni 68,3 mingtaga yetgan. Britaniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada Italiyadan keyin 2-o‘rinni egallamoqda.
Britaniyada o‘tgan hafta koronavirusning avvalgisiga nisbatan yuqumliroq yangi turi tarqalayotgani ma'lum qilingandi. Virusning yangi turi tarqalishi oldini olish maqsadida bir necha davlatlar, jumladan O‘zbekiston Britaniya bilan aviaaloqani to‘xtatdi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026