Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonning Balx viloyatiga bordi
To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha Ishchi komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun 22 dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining Balx viloyatida bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Balx viloyati markazi Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazilgan.
Muloqot asnosida To‘ra Bobolov hamda Balx viloyati voliysi Muhammad Farhod Azimiy ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro do‘stlik, qardoshlik va iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada rivoj topayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha Ishchi komissiyasining navbatdagi majlisi bu munosabatlarda yangi sahifa ochishini ta'kidlab o‘tishgan.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026