Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobiuz kompaniyasi rahbariyati abonentlar va aholining savollariga javob beradi
«Yuzma-100» loyihasi doirasida Mobiuz’ga doir 100 ta eng dolzarb savolga javob beriladi.
Mobiuz mobil aloqa operatori doimo ochiq va oshkora faoliyat olib borishga, abonentlar va aholi bilan doimiy muloqot qilishga intiladi. Har kuni mobil aloqaning turli xil masalalari bo‘yicha kompaniyaga murojaat qilgan minglab odamlar samarali maslahat va yordam oladi.
Bundan tashqari, korporativ veb-sayt, barcha yirik ijtimoiy tarmoqlar, O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan Telegram kanallari, elektron ommaviy axborot vositalari, kompaniya faoliyati to‘g‘risida eng dolzarb ma'lumotlar jamoatchilikka yetkaziladi.
«Yuzma-100» – bu Mobiuz’ning eksklyuziv loyihasi bo‘lib, u abonentlar va barcha manfaatdor yurtdoshlarimizga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlariga imkon beradi. Savollar Mobiuz mahsulot va xizmatlari, faoliyati va rivojlanish rejalari hamda mobil aloqaning boshqa barcha jihatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mobiuzga savol va takliflar 25 dekabr yakunigacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: onlinetestpad.com/s/mobiuz-yuzma100. Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma'lumotlarni ko‘rsatishi, mavzuni tanlashi hamda o‘z savoli yoki murojaati mohiyatini bayon qilishi kerak.
Eng dolzarb, ko‘p beriladigan va qiziqarli savollar tanlab olinib, Mobiuz rahbariyati hamda bo‘linmalar boshliqlari ularga javob beradi. Batafsil javoblar yil yakunigacha www.mobi.uz veb-saytida e'lon qilinadi.
Operator yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun Mobiuz’ning Facebookdagi sahifasiga obuna bo‘ling.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
15:08 / 06.01.2026
Mobiuz'ni xususiylashtirish: 3 ta da’vogar eng oxirgi bosqichda
13:41 / 14.08.2025
Mobiuz’ga 15 ta xalqaro va mahalliy kompaniya qiziqish bildirdi – Davaktiv
17:09 / 17.07.2025