BioNTech: koronavirusning yangi shtammiga qarshi vaksina 6 haftada tayyor bo‘ladi

Foto: AP
Germaniyaning BioNTech farmatsevti laboratoriyasi tasdiqdan o‘tgan vaksina koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi shtammiga qarshi samarali yoki yo‘qligi bo‘yicha aniq bir gap aytish mushkul ekanini ma'lum qildi.
«Ilmiy tarafdan olib qaralsa, virusning yangi shtammlariga qarshi hozirgi vaksina bilan immun tizimi turib bera olishi kerak. Joriy vaksina yangi shtammlarga qarshi qanchalik samaradorligini aniqlash uchun ma'lum tadqiqotlar qilinishi kerak. Mabodo vaksina yangi versiyalarga moslashtirilishi kerak bo‘lsa ham, bunga 6 haftacha vaqt kerak bo‘ladi.
Bizda vaksina yangi shtammga qarshi tura olishi borasida ilmiy ishonch bor, biroq buni tajriba qilmasdan aniqlashning imkoni yo‘q. Tajribaga ikki hafta vaqt kerak. Biz albatta tajriba asosida olingan ma'lumotlarni oshkor qilamiz», degan kompaniya ijrochi direktori Ug‘ur Shahin.
Shunday bo‘lgan taqdirda vaksina qo‘llanishidan oldin muvofiqlashtiruvchi idoralarning tasdig‘idan qayta o‘tkazilishi zarur.
BioNTech’ning Pfizer farmkompaniyasi bilan birga ishlab chiqargan vaksinasi jahonning 45 davlatida tasdiqdan o‘tgan. Vaksinani ma'qullagan davlatlar orasida AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropaning qator mamlakatlari bor.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘limi o‘z xodimlarini yig‘ib, koronavirusning yangi shtammiga qarshi strategiyani muhokama qildi.
«Vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz. Test qilish, tarqalishni kamaytirish borasida strategik qaror qilishga tayyormiz», degan JSSTning Yevropa bo‘limi rahbari Hans Klyuge.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aprelda ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 16:26
-
2025 yilda 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, budjetga 10 trillion so‘m tushirish vazifasi qo‘yildi
O‘zbekiston | 16:21
-
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 16:11
-
Olimlar birinchi marta Neptundagi qutb yog‘dularini tasvirga oldi
Fan-texnika | 16:10
Mavzuga oid

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi

16:51 / 25.11.2024