O‘zbekiston | 11:23 / 25.12.2020
3783
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jo‘rabek Qorjovov /Foto: Zarnews

Samarqand shahrida yo‘lovchilarga zamonaviy, sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Xitoydan 100ta yumshoq o‘rindiqli, sovitkichli va pandusli zamonaviy avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jo‘rabek Qorjovovning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi “Hazora” va “Siyob” avtoshohbekatlarini bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilishi ham mo‘ljallangan. Bu yo‘nalishda Xitoydan keltiriladigan zamonaviy 16 metrlik tezyurar avtobuslar harakatlanadi. 

“Ular uchun maxsus yo‘l quriladi va bu yo‘ldan faqat shu avtobuslargina harakatlanadi. Shahrimizda yangi yo‘l qurilsa, yana yo‘l kengaytirilishi uchun bino va inshootlar buzilishi, “snos”ga tushar ekan-da, degan savol tug‘ilishi mumkin. Yo‘q, faqat shu yo‘nalishdagi markaziy ko‘chalarning o‘rtasidan xuddi tramvaydek avtobuslar harakatlanishi uchun yo‘llar rekonstruksiya qilinadi”, - dedi viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Ma'lum qilinishicha, yo‘nalish 2021 yil Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid