O‘zbekiston | 09:38 / 25.12.2020
2753
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IEMda yangi turbinalar o‘rnatiladi

Foto: mg.uz

Vazirlar Mahkamasi "Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
 
Norma’ning yozishicha, O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida 2015 yil 25 oktyabrda "Toshkent kogeneratsiya issiqlik elektr stansiyasini qurish" investitsiya loyihasini moliyalashtirishda konsalting xizmatlari uchun yillik 0,01 foiz hamda gaz turbina qurilmasini qurish uchun olti oylik LIBOR minus 1,33 foiz stavkalarida 40 yilda so‘ndirish muddati, shundan 10 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 12 mlrd yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolangan.
 
"Toshkent IEM" AJning tovarlar (xizmatlar) aylanmasida QQSdan ozod qilish hisobidan bojxona hamda soliq imtiyozlari ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi 12,72 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
 
Shuningdek, quyidagilar:

"Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish" investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

JICA qarzi bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va yig‘im to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali;

JICA qarzi bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va yig‘im to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Hujjat 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid