Jahon | 22:56 / 26.12.2020
3132
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 101 yoshli ayol koronavirusga qarshi emlangan birinchi inson bo‘ldi

Mamlakatda vaksinatsiya rasman yakshanba kuni boshlanadi. Birinchi navbatda 80 yoshdan kattalar va shifokorlar emlanadi.

Foto: Matthias Bein / dpa / Global Look Press

Germaniyada aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Mamlakatda birinchi bo‘lib Xalbershtadtdagi qariyalar uyida yashovchi 101 yoshli ayol emlandi, deb xabar berdi Bild nashri.

 Xabarda aytilishicha, qariyalar uyida yashovchi 59 kishidan 40 nafari hamda 10 nafar xodim va boshqaruvchi direktor emlangan.

Ular BioNTech va Pfizer kompaniyalari ishlab chiqqan vaksina bilan emlangan. Germaniya hukumatining rejasiga ko‘ra, ommaviy vaksinatsiya 27 dekabrda boshlanadi.

Qayd etilishicha, birinchi navbatda 80 yoshdan kattalar, qariyalar uylari xodimlari hamda shifokorlar emlanadi.

Yakshanba kuni Yevroittifoqning boshqa mamlakatlarida ham vaksinatsiya boshlanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid