Jahon | 17:38 / 26.12.2020
4432
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 3 milliondan oshdi

Rossiyada uchinchi kundirki sutkasiga 29 mingdan ortiq kasallanish holatlari qayd etilmoqda. O‘lim holatlari esa 5 kundan buyon 500dan ko‘p bo‘lmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo

Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3 mln 21 mingdan oshdi. Bu haqda Moskvadagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, oxirgi sutkada mamlakat bo‘yicha 29 258ta yangi holat aniqlangan, 567ta o‘lim qayd etilgan.

Rossiyada uchinchi kundirki sutkasiga 29 mingdan ortiq kasallanish holatlari qayd etilmoqda. O‘lim holatlari esa 5 kundan buyon 500dan ko‘p bo‘lmoqda.

Worldometers saytining ma'lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 80 mln 300 mingga yaqinlashgan, 1 mln 759 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid