Jahon | 01:34 / 27.12.2020
7226
2 daqiqa o‘qiladi

Karantin koronavirusdan ham ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi – Tramp

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 18,8 milliondan oshgan, 330,6 ming kishi vafot etgan.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp qator shtatlarda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun joriy etilgan karantin choralari virusning o‘zidan ham yomonroq ekanligini ta'kidladi.

"Demokratlar boshqarayotgan shtatlardagi karantin ko‘plab insonlar hayotini izdan chiqaradi. Bu xitoy virusi keltirgan zaradan ham yomonroq. Karantinga qaramasdan, Kaliforniyada kasallik yuqtirishlar o‘sdi, Florida va boshqa shtatlar karantinga yopilmadi hamda yaxshi ketmoqda", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Noyabr o‘rtalarida Kaliforniya hukumati pandemiya sababli joriy etilgan cheklovlar bekor qilinishini to‘xtatdi. Xususan, qator korxona va maktablar faoliyatini boshlashni kechiktirishga qaror qilindi. Shtatning qator okruglarida aholiga zaruratsiz uydan chiqish taqiqlandi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 18,8 milliondan oshgan, 330,6 ming kishi vafot etgan. Kaliforniyada 2 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan, koronavirus bilan bog‘liq o‘limlar soni 24 mingga yaqinlashgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid